MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

17-noyabr – ''Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktorining bayram tabrigi

Qadrli Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali  talabalari!

 

Barchangizni bugungi 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

 

    Talabalik umrning beg‘ubor fasli, katta hayot sari qadam qo‘yish ostonasi, ulkan orzu-umidlar davri ekanligini his qilgan holda yangi maqsadlar sari harakat qilishingizga tilakdoshman.

Bugungi kunda davrning o‘zi Vatan ravnaqi va taraqqiyoti uchun asosiy tayanch bo‘lgan yoshlar jamiyatning muhim qatlami ekanligini ko‘rsatib turibdi. Yuqori salohiyatli, ziyoli va bilimli yoshlar har jabhada biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘lib xizmat qiladi. Bu borada muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu-intilishlari, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, azmu shijoatli, iqtidorli yigit-qizlarning o‘z sohasida, jamoat ishlarida erishayotgan yutuqlarini munosib rag‘batlantirishga katta ahamiyat berilmoqda.

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabalarining respublika va jahon miqyosida erishayotgan yutuqlari tahsinga sazovor. Joriy yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialining bir qator talabalari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, Prezident va nomdor davlat stipendiyalari sovrindori bo‘ldi.

Ishonamanki, sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallab, o‘z amaliy ishlaringiz, g‘ayrat-shijoatingiz, yetuk salohiyatingiz bilan jonajon Vatanimizga munosib, sadoqatli farzandlar bo‘lasiz.

 Barchangizni talabalar kuni bilan yana bir bor qutlab, sihat-salomatlik, yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilayman. Ilm yo‘lida chekkan mashaqqatlaringizning yuksak natijalarini ko‘rish va yetuk salohiyatli kadr bo‘lishingizga tilakdoshman.

 

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktori, prof,             

 

                                                                                                             O.Turakulov        

 

11.08.2025

⭕️#seminar O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘t......

11.08.2025

🏆🏆🏆 🟠🟠🟠🟠 Para taekvondochilarimiz "Osiyo chempionatida"da sovrindor bo‘lishdi! 📍Malayziyaning Kuchin shahrida para taekvon......

11.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ ⭕️ “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida intellektual sa......

11.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ “Bunyodkor yoshlar” qurilish otryadi faoliyatiga nazar “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O'zbekiston......

11.08.2025

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 🟢O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida "Dolzarb - 90 kunlik" loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo'sh v......

06.08.2025

#munosabat Mamlakatimizda so‘ngi yillarida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bi......

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida to'garaklar bo'lib o'tmoqda. ⭕️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti t......

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida kibersport musobaqalari tashkil etildi ⭕️O‘zbekiston Respublikasi Pr......

28.07.2025

⭕️ #live ⭕️Ayni vaqtda Jizzax viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘tkazilay......

28.07.2025

⭕️ #live ⭕️Ayni vaqtda Jizzax viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘tkazilay......