MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

Munosabat

#munosabat

Mamlakatimizda so‘ngi yillarida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha strategik yondashuv va tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etayotgan hozirgi globallashuv davrda muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligidagi izchil islohotlar ko‘plab rivojlangan davlatlar va ko‘zga ko‘ringan davlat arboblari tomonidan yuksak baholanmoqda.

Ayniqsa hozirgi murakkab bo‘lgan davrda olib borilayotgan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, rivojlangan davlatlar hamda mintaqamizdagi davlatlar bilan strategik sheriklik doirasida tizimli hamkorlik qilish, transport logistika tizimini shakllantirish, turizm tarmog‘ini samarali rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish maqsadida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish kabi yo‘nalishlarga katta e’tibor qaratilayotganligi davlatimiz qudrati hamda nufuzini dunyo hamjamiyatida yuqori darajalarga olib chiqmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston yetakchisi 5 avgust kuni BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan maxsus tadbirda ishtiroki davomida muzokaralar O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilganligi ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochib berdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bu yerda ya’ni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevga Turkmanistonning "Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tkazilganligini ikki davlat rahbarlarining o‘zaro yuksak ishonch bilan olib borilayotgan hamkorlik darajasi ekanligining isboti sifatida ko‘rish mumkin. Bugun butun xalqaro hamjamiyat mintaqaviy sheriklik va o‘zlikning yangi modelini barpo etishdagi umumiy muvaffaqiyatlarimizni e’tirof etayotgani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun yana bir bor minnatdorlik bildirib, qardosh turkman xalqini shu kunlarda o‘tayotgan BMT konferensiyasi bilan tabrikladi hamda joriy yil dekabr oyida Ashxobod shahrida Xalqaro tinchlik va ishonch yili doirasidagi global sammit muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

Har ikki tomon hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etib o‘tganligi ayniqsa ishbilarmonlik va gumanitar almashinuvlar faollashgani ushbu muzokaralarda o‘z aksini topa olganini yuksak baholash mumkin. Buni biz keyingi yillardagi muhim iqtisodiy va gumanitar loyihalar amalga oshirildi, o‘zaro savdo hajmi va kooperatsiya ko‘lami keskin oshganligi misolida ko‘rishimiz mumkin.

Muzokaralarda zamonaviy tahdidlar va oldindan aytib bo‘lmaydigan xalqaro vaziyatni hisobga olib, tashqi siyosiy idoralar, shu jumladan mintaqamiz mamlakatlari doirasida tizimli hamkorlik qilish, muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlash muhimligi hamda tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, eng avvalo, o‘zaro yetkazib berilayotgan mahsulot turlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yuqoridagi natijalar, albatta, O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatdagi nufuzi tobora oshib borayotganidan dalolat beradi. Bugungi islohotlar, investitsiya uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar va ochiq siyosat mintaqamizda hamda xalqaro maydonda ham yuqori baholanmoqda. Bunday e’tiroflar har birimizga faxr bag‘ishlaydi, kelajakka ishonch uyg‘otadi.

✍️O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali direktori, proff, O.Turakulov




06.08.2025

#munosabat Mamlakatimizda so‘ngi yillarida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bi......

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida to'garaklar bo'lib o'tmoqda. ⭕️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti t......

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida kibersport musobaqalari tashkil etildi ⭕️O‘zbekiston Respublikasi Pr......

28.07.2025

⭕️ #live ⭕️Ayni vaqtda Jizzax viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘tkazilay......

28.07.2025

⭕️ #live ⭕️Ayni vaqtda Jizzax viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘tkazilay......

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ 🔔 Bugun Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida ta’limning bakalavr, magistratura hamda sirtqi ta......

28.07.2025

⭕️#dolzarb90kun Ilm-fan, innovatsiya va hamkorlik sari yana bir dadil qadam! 🟢O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialining profe......

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ “Bitiruvchi bandligi – 2025” ⭕️Ayni vaqtda, Jizzax politexnika institutida muhim ijtimoiy-iqtisodiy ......

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ "Yosh biotexnologlar" to‘garagi ⭕️Bugungi to‘garak mashg‘uloti ilm-fan, tajriba va kelajak haqidagi......

27.07.2025

2025/2026-oʻquv yilida yangi tashkil etilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshir......