MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Ikkinchi mutaxassislik

Qabul parametrlari 2024/2025

2025-2026-o‘quv yilida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialining Ikkinchi mutaxassislikka qabul qilish bo‘yicha komissiyasi TARKIBI

 

T/r

F.I.Sh.

Lavozimi

Vazifasi

1

Halimov O‘ktam Haydarovich

Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi (Kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy) boshlig‘i

Rais

2

Abduraxmanov Nusratullo Lolaxonovich

Direktor maslahatchisi

A’zo

3

Hafizov Erkin Alimboy o‘g‘li

Registrator ofisi boshlig‘i

A’zo

4

Usanov Ulug‘bek Abdurauf o‘g‘li

Xodimlar bo‘limi boshlig‘i

A’zo

5

Saitov Sirojiddin Abduvaliyevich

Psixologiya fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

A’zo

6

Ko‘chimov Abdujamil Hamraqulovich

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i

A’zo

7

Xazratkulov Shohrux Baxodir o‘g‘li

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i

A’zo

8

Nurmatov Aziz Turdimuratovich

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i

A’zo

9

Parmonov Abdutolib Abduvahob o‘g‘li

Amaliy matematika fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

Kotib

 

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul 

1. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustga qadar (shu kuni ham) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

2. Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda maxsus elektron tizimga o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini kiritadi va quyidagi hujjatlarni yuklaydi:

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida o‘qib tugatganlar uchun);

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ilova nusxasi.

Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

3. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari) oliy ta’lim muassasasining xususiyatidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi va har yili 1-iyulga qadar oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish natijalari har yili 30-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari tomonidan e’lon qilinadi.

4. Ikkinchi va undan keyingi ta’limda o‘qish uchun talabalikka tavsiya etilgan shaxslar bilan oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida shartnoma rasmiylashtiriladi.

Shartnomalar yuridik shaxslar uchun 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.

Shartnoma shartlari, ularni amalga oshirish tartibi hamda tomonlarning majburiyatlari qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

5. Oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari xususiyatidan kelib chiqib, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun to‘lov-kontrakt miqdori bir talabani o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar miqdoridan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.

6. Talabalarni o‘qishga qabul qilish shartnomada belgilangan to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz (https://my.edu.uz/) orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

 

▪️Bunda nomzodlar platformada:

➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;

➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;

➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

 

☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

 (https://t.me/Oliygohlar_minbari/979)

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi. (https://lex.uz/uz/docs/-5657199)