Yangiliklar
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
72-226-08-43
72-226-69-09
Yangiliklar
Universitet
Qabul-2025
Uslubiy ta'minot
Xalqaro bo'lim
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
72-226-08-43
72-226-69-09
Yangiliklar
Universitet
Qabul-2025
Uslubiy ta'minot
Xalqaro bo'lim
72-226-04-85
72-226-04-85
Yangiliklar
Universitet
Qabul-2025
Uslubiy ta'minot
Xalqaro bo'lim
Direktor murojaati
Direktor murojaati
Universitet haqida
Filial tarixi
Filial tuzilmasi
Filial kengashi
Rahbariyat
Markazlar
Karyera markazi
Sektorlar
Bo'limlar
Fakultetlar
Kafedralar
Bo‘sh ish o‘rinlari
Bino inshoatlar joylashuvi
Rekvizitlar
Asosiy me'yoriy hujjatlar
Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida
Konstitutsiya
Yashil universitet
Ekofaol talaba
MUROJAATI
Qadrli talabalar!
Hurmatli ota-onalar!
Muhtaram professor-o‘qituvchilar!
🤔Farzand — oilaning eng ulug‘ neʼmati, jamiyatning ertangi kuni va millatning bebaho boyligidir. Ota-onaning farzandi uchun cheksiz mehr bilan yonishi, uni har qanday xavf-xatardan asrab-avaylashi tabiiy hol. Shu bois har qanday tahdid, ayniqsa yoshlarimiz hayoti va kelajagiga qarshi qaratilgan illatlarga befarq bo‘lmasligimiz zarur.
🌀Bugungi globallashuv davrida yoshlarimizga tahdid solayotgan eng xavfli balolardan biri — giyohvandlikdir. Afsuski, ayrim yoshlar bilib-bilmay, vaqtinchalik “rohat” izlab yoki oson pul topish ilinjida giyohvandlik va narkojinoyatlarga aralashib qolmoqda. Bu esa nafaqat ularning sog‘lig‘i va kelajagiga, balki oilalar, jamiyat osoyishtaligi va Vatan ravnaqiga jiddiy zarar yetkazadi.
Shu bois, barchamiz yoshlarimizni ushbu ofatdan asrash yo‘lida yanada hushyor, ogoh va masʼuliyatli bo‘lishimiz shart.
Aziz talabalar!
🔂Siz — yurtimiz taraqqiyoti, raqamli iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchisiz. Sizdagi sog‘lom tafakkur, ilmga tashnalik, mustahkam iroda — O‘zbekistonning ravshan kelajagini belgilaydi. Hech qachon “bir marta sinab ko‘rsam hech narsa bo‘lmaydi” degan aldovlarga uchmang. Giyohvand moddalarning har bir tomchisi — hayotni yemiruvchi zahar, orzularni barbod qiluvchi xavfli tuzoq ekanini unutmang.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandlarimizning fikrlari, qiziqishlari va muhitidan doimo xabardor bo‘lish, ular bilan ochiq muloqot yuritish, muammolarini tinglash — ularni illatlardan asrashning eng samarali yo‘lidir. Mehr, ishonch va tarbiyaning kuchi hech qachon o‘z qiymatini yo‘qotmaydi.
Muhtaram ustozlar, pedagogik jamoa vakillari!
🤔Yoshlarni ilmli, maʼnaviyatli, sog‘lom hayotga intiluvchan qilib tarbiyalashda Sizning o‘rningiz beqiyosdir. Taʼlim jarayonida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, giyohvandlikning zararli oqibatlarini yoshlar ongiga yetkazish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir. Har bir dars, har bir suhbat, har bir maslahat yoshlar qalbida masʼuliyat va ongli hayot tamoyillarini mustahkamlashi lozim.
✍️Barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, narkojinoyatlarga qarshi murosasiz kurash olib borishimiz kerak. Har bir fuqaro, ayniqsa taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan jamoa vakillari huquqni muhofaza qilish organlari bilan yaqin hamkorlikda ishlashi zarur.
🔂Unutmang! O‘zbekistonning ertangi sog‘lom, farovon va barqaror kelajagi — bugungi hamjihatligimiz, hushyorligimiz va qat’iy pozitsiyamizga bog‘liq.
Birgalikda yoshlarimizni bu illatlardan asraylik, ularning ilmga, yaratishga, bunyodkorlikka intilgan sog‘lom avlod bo‘lib voyaga yetishiga hissa qo‘shaylik!
O‘zMU Jizzax filiali direktori
O.Turakulov
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
Bog‘lanish uchun
Ijtimoiy tarmoqlar