MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

Jizzaxda IT Park filiali ochildi

11 noyabr kuni Jizzax shahrida IT Park mintaqaviy filialining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu rejalashtirilgan 14 ta filialning to‘rtinchisi bo‘lib, ulardan uchtasi Guliston, Marg‘ilon va Andijonda ochilgandi.

 

    Ochilish marosimida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazir o‘rinbosari Bahromjon Olmatov, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Hasanov, Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat va IT Park direktori o‘rinbosari Bahodir Ayupovlar ishtirok etishdi. Jizzaxdagi IT Park filiali Sh.Rashidov shoh ko‘chasi, 63-uy, ya’ni Jizzax viloyati hokimligiga qarashli olti qavatli binoning ikkinchi qavatida joylashgan. Filial 24/7 rejimda faoliyat yuritib, u yerda chet ellik sheriklar va turli kompaniyalar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatiladi. Bundan tashqari, IT Parkning Jizzax hududida IT-markaz ham ochildi, bu istalgan kishiga IT sohasidagi fan va kasblarni o‘rganish imkoniyatini beradi: kompyuter savodxonligi, dasturlash, Web-dizayn, grafik dizayn, mobil robototexnika, kibersport turlari, IT-ingliz tili va boshqalar. IT Parkning Jizzax filialiga o‘quv xonalari va kibersport sinflari uchun 43 ta kompyuter to‘plami berildi, 43 o‘quvchiga mo‘ljallangan 3 ta zamonaviy o‘quv xonalari yaratildi. Bu yerda yil davomida 500 ga yaqin talaba ta’lim olishi mumkin.


   Jizzaxdagi filial loyihasini IT Park maslahatchisi Jayaram Partasarti boshqaradi. Loyihaning umumiy qiymati 5,5 milliard so‘mni tashkil etadi. Ayni paytda IT Parkning bir qator rezidentlari Jizzax filialiga mansub: PE «ALITECH WEBSITE SOLUTIONS» — veb-saytlarni ishlab chiqish bo‘yicha xizmatlar; MChJ «INCLUDE» — S-Zone —talabalarni kamera yordamida tekshirish, sog‘liqni saqlash tizimlarini avtomatlashtirish - Medcash; «UZTAN MEDIA» XK — domenni ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlari, shuningdek veb-saytlarni joylashtirish; PE «MY WAY GROUP» — yuklarni yetkazib berish uchun «MY GRUZ» dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish; MChJ «KROXUS SOFT» — CRM va ERP tizimlari. IT Park rezidentlari uchun bir qancha afzalliklar mavjud (mahalliy va xorijiy IT kompaniyalar uchun ham): daromad solig‘i 7,5 foizgacha pasayadi, nol korporativ va ijtimoiy soliqlar, o‘z ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.

 


Viloyat hokimligi Axborot xizmati

18.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ 🤔Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida "Yozgi ta'tilni sport bila......

18.08.2025

⭕️#tabriklaymiz ⭕️Yubiley yoshingiz muborak, hurmatli Valeriy Mixaylovich! 🔹Bugun Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali uchun......

18.08.2025

#GinnesRekordi ⭕️ Yangi O‘zbekiston uchun Ginnes rekordi sari! ✍️ Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining J......

11.08.2025

⭕️#seminar O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘t......

11.08.2025

🏆🏆🏆 🟠🟠🟠🟠 Para taekvondochilarimiz "Osiyo chempionatida"da sovrindor bo‘lishdi! 📍Malayziyaning Kuchin shahrida para taekvon......

11.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ ⭕️ “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida intellektual sa......

11.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ “Bunyodkor yoshlar” qurilish otryadi faoliyatiga nazar “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O'zbekiston......

11.08.2025

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 🟢O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida "Dolzarb - 90 kunlik" loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo'sh v......

06.08.2025

#munosabat Mamlakatimizda so‘ngi yillarida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bi......

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida to'garaklar bo'lib o'tmoqda. ⭕️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti t......