MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

21-Oktabr "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktorining bayram tabrigi
 

Hurmatli hamkasblar!

Sizlarni va Siz orqali oila aʼzolaringizni, soha rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan barcha xodimlarni bugungi muhim sana - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Til-faxr va iftixordir. U muloqot vositasigina bo‘lib qolmay, insonning ichki olamini ifodalaydi, dunyoni teran idrok qilishiga ko‘maklashadi, dunyoqarashi va kamolotini belgilab beradi. Shuning uchun ham yer yuzida rivojlanayotgan har qanday davlat o‘z tilining mavqesini yuksaltirishga intiladi.

Milliy til davlatning rivoji, qolaversa uning millat sifatida dunyo tamaddunida o‘z munosib o‘rinni egallashi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk tariximiz va ajdodlarimizning merosi ham aynan ona tilimiz orqali bizgacha yetib kelgan.

Bugun ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligini nishonlamoqdamiz. Tilimizga hurmat va ehtirom ko‘rsatish nafaqat ushbu kunni munosib nishonlash, balki tilning sayqallanishi, sof o‘zbek tilining avlodlarimizgacha yetib borishiga o‘z hissamizni qo‘shish bilan namoyon bo‘ladi, desak adashmagan bo‘laman.

Barchamizga maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risidagi qonunida o‘zbek tilining davlat tili ekanligi belgilab qo‘yilgan. Shunday ekan, har bir davlat xizmatchisi o‘z xizmat faoliyatida davlat tiliga oid bilimlarni o‘zlashtirishi, bilishi va uning masʼuliyatini his etishi lozim.

Aziz hamkasblar va talaba yoshlar !!

Sizlarni yana bir bor ushbu shukuhli kun - O‘zbek tili bayrami munosabati bilan chin dildan tabriklayman. Xalqmiz dasturxoniga fayz-baraka, barchangizga sog‘liq, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!


OʻzMU Jizzax filiali direktori, prof, O.Turakulov

 
 
11.08.2025

⭕️#seminar O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘t......

11.08.2025

🏆🏆🏆 🟠🟠🟠🟠 Para taekvondochilarimiz "Osiyo chempionatida"da sovrindor bo‘lishdi! 📍Malayziyaning Kuchin shahrida para taekvon......

11.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ ⭕️ “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida intellektual sa......

11.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ “Bunyodkor yoshlar” qurilish otryadi faoliyatiga nazar “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O'zbekiston......

11.08.2025

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 🟢O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida "Dolzarb - 90 kunlik" loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo'sh v......

06.08.2025

#munosabat Mamlakatimizda so‘ngi yillarida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bi......

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida to'garaklar bo'lib o'tmoqda. ⭕️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti t......

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida kibersport musobaqalari tashkil etildi ⭕️O‘zbekiston Respublikasi Pr......

28.07.2025

⭕️ #live ⭕️Ayni vaqtda Jizzax viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘tkazilay......

28.07.2025

⭕️ #live ⭕️Ayni vaqtda Jizzax viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘tkazilay......