Yangiliklar
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
72-226-08-43
72-226-69-09
Yangiliklar
Universitet
Qabul-2025
Uslubiy ta'minot
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
72-226-08-43
72-226-69-09
Yangiliklar
Universitet
Qabul-2025
Uslubiy ta'minot
72-226-04-85
72-226-04-85
Yangiliklar
Universitet
Qabul-2025
Uslubiy ta'minot
Yangiliklar
Birlashgan Millat Tashkilotining bosh Assambleyasida nutq so‘zlagan Sh. M. Mirziyoyev kambag‘alchilik va iqlimiy falokat haqida gapirarkan, Orol dengizi muammosiga alohida to‘xtaldi.
Shu o‘rinda mavjud muammolarni hal etish uchun O‘zbekiston ilm-fani, biznes sektori va jamiyati nima qilishi mumkin, degan savol tug‘iladi. Nazarimda, bu masalaning kaliti demografik rivojlanishdadir – har bir o‘sib kelayotgan yosh avlod vakiliga sifatli ta’lim berish darkor. Va bu har bir O‘zbekiston fuqarosining burchiga aylanishi kerak. Zamonaviy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun O‘zbekistonga malakali, bilimli yoshlar talab qilinadi.
Yana bir muvaffaqiyat omili – qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilishdir. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini samarali va barqaror ishlab chiqarishi maqsadini oldiga qo‘yish kerak. Aqlli dehqonchilik usullari allaqachon butun dunyoda mavjud. Agar bu texnologiyalar O‘zbekistonda qo‘llanilsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini suv tejovchi, resurs tejamkor usullarda, sog‘lom va barqaror tarzda yetishtirish imkonini beradi. Xususan, qishloq xo‘jaligi jarayonlarini raqamlashtirish hosildorlikni sezilarli darajada oshirish va sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda zamonaviy iqtisodiyotni yanada rivojlantirish yangi ilmiy yutuqlarga erishishni va bu yangi bilimlarni amalda qo‘llashni talab etadi. Mamlakat innovasiyalarga muhtoj, chunki ular iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ekologiya muammolarini kamaytirish, arzon va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘z navbatida qashshoqlikni yengishga xizmat qiladi.
Men joriy yilning iyul oyidaGermaniya Ta’lim va tadqiqotlar federal vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan ikki tomonlama tadqiqotlar olib borishga qaratilgan hamkorlikdagi tanlov e’lon qilingani Prezidentning yuqori minbardan aytgan fikrlariga hamohangligi meni xursand qildi. Bu tanlovda aynan iqlim o‘zgarishi muammolarini hal etish, intellektual qishloq xo‘jaligi va raqamlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Prezident o‘z ma’ruzasida bu yondashuvni O‘zbekistonning kelgusi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti uchun muhim deb hisobladi.
Karsten Xayns,
O‘zbekiston Respublikasi
Innovasion rivojlanish vazirining
Yuqori martabali xalqaro maslahatchisi
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
Bog‘lanish uchun
Ijtimoiy tarmoqlar