MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

Shavkat Mirziyoevning Jizzax viloyati bo‘yicha vakili Bayrambek Uzakov O‘zbekiston Milliy Universitetining Jizzax filiali professor-o‘qituvchilari va talabalar bilan uchrashdi.
 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoevning Jizzax viloyati bo‘yicha vakili Bayrambek Uzakov O‘zbekiston Milliy Universitetining Jizzax filiali professor-o‘qituvchilari va talabalar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova, filial direktori Olim Turakulov, professor Salahdin Usmanov, mahalliy Kengash deputatlari, 3-bosqich talabasi Raxmatov Dilmurod, targ‘ibot guruhi a’zolari va partiya faollari ishtirok etdilar.

 

Mazkur ta’lim dargohi  Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 563-sonli qarori bilan tashkil etilgan.

2021-2022-o‘quv yilidan boshlab Jizzaxda Prezidentimizning maxsus qarori bilan faoliyat boshlagan Qozon  federal universiteti filiali tashkil etildi.

Ushbu universitet O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali bilan hamkorlikda “Dasturiy injiniring”, “Farmatsiya” va “Axborot tizimlari va texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni boshlaydi hamda mazkur yo‘nalishlarda o‘qishga qabul qilingan talabalar kelgusida o‘qishlarini filialda davom ettiradi. 2022-yil yakunigacha filial tarkibida OpenLab ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi. Talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirildi. Bunda, davlat granti asosida ta’lim olgan filial bitiruvchilari 3 yildan kam bo‘lmagan muddat majburiy ishlab berish sharti bilan O‘zbekistonning davlat organlari va tashkilotlariga taqsimlanadi. Bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida oliy ma’lumot sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi

Bu yangiliklarning barchasi so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarning ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlarning Jizzaxdagi bir ko‘rinishi xolos.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar nomzodning saylovoldi dasturida bu borada amalga oshiriladigan ustivor vazifalarga ham to‘xtalib o‘tishdi. Jumladan, oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish bilan birga, asosiy e’tibor ta’lim sifatini oshirishga qaratiladi, oliy ta’limda sifat va raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida 2026-yilgacha xususiy oliygohlar soni kamida 50 taga yetkaziladi. Uchrashuv ishtirokchilari partiyadan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoevni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdilar.

 

 

Filial Matbuot xizmati

18.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ 🤔Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida "Yozgi ta'tilni sport bila......

18.08.2025

⭕️#tabriklaymiz ⭕️Yubiley yoshingiz muborak, hurmatli Valeriy Mixaylovich! 🔹Bugun Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali uchun......

18.08.2025

#GinnesRekordi ⭕️ Yangi O‘zbekiston uchun Ginnes rekordi sari! ✍️ Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining J......

11.08.2025

⭕️#seminar O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘t......

11.08.2025

🏆🏆🏆 🟠🟠🟠🟠 Para taekvondochilarimiz "Osiyo chempionatida"da sovrindor bo‘lishdi! 📍Malayziyaning Kuchin shahrida para taekvon......

11.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ ⭕️ “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida intellektual sa......

11.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ “Bunyodkor yoshlar” qurilish otryadi faoliyatiga nazar “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O'zbekiston......

11.08.2025

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 🟢O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida "Dolzarb - 90 kunlik" loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo'sh v......

06.08.2025

#munosabat Mamlakatimizda so‘ngi yillarida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bi......

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida to'garaklar bo'lib o'tmoqda. ⭕️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti t......