MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktori Turakulov Olim Xolboʻtayevichning 1-oktabr ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan bayram tabrigi.
 

Aziz va moʻtabar ustozlar, hurmatli hamkasblar! 

Sizlarni bugungi ayyom Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman. 

Har birimizning shu kunga yetishishimizga, albatta, ustozlarimizning oʻrni beqiyosdir. Avvalo, oilada tarbiya olib, ota-onamizning bergan taʼlimlarini, soʻngra, ilk bor maktab ostonasiga qadam qoʻyganimizda birinchi muallimlarimizning qoʻlimizga qalam tutib bizga bergan mehrlarini, hayot yoʻllarimizda, qalb qoʻri, mehr nuri, eng asosiysi hayot saboqlarini oʻrgatishda beminnat mehnatlari singan oʻqituvchi va murabbiylarimizni mamnuniyat bilan eʼtirof etamiz. 

Aziz ustozlar, Sizlardan bu olamni yorituvchi shamchiroq misoli inson yoʻlini, hayotda oʻz oʻrnini topishda ilm berganingiz, kasb oʻrgatganingiz uchun toabad minnatdormiz. Sizlarga doim hurmat va ehtiromimizni bildiramiz. Sizlarning mashaqqatli ilm yoʻlidagi mehnatlaringizni doimo qadrlaymiz. 

Ilm izlash va ilm berishdek yuksak tajriba va mahoratlaringiz yoshlarimiz uchun bebaho hazinadir. 

Hozirgi vaqtda filialimizda taʼlim olayotgan ikki mingga yaqin talabalar sizlardan ilm sirlarini, hayot saboqlarini oʻrganmoqda. Sizlar bergan bilim va tarbiya bilan yoshlarimiz shiddat bilan taraqqiy etayotgan raqobat maydoniga kirishadi. Ularning hayotda oʻz oʻrinlarini topishlari, oʻz sohasining mutaxassislari boʻlib yetishishlarida sizlarning mehnatlaringiz beqiyosdir. 

Yangi Oʻzbekiston yoshlarini tarbiyalashda siz Aziz ustozlarning oʻrni katta. 

Soʻngi yillardagi barcha sohalarda boʻlgani kabi, taʼlim tarbiya sohasida ham koʻplab islohotlar boʻlayapti. Ayniqsa muhtaram Prezidentimiz tomonidan oʻqituvchilarni "Uchinchi Renessansning toʻrt tayanch ustunlardan biri" deya eʼtirof etishlari barchamizga sharaf va masʼuliyat yuklaydi. 

Aziz ustozlar! 

Barchangizni yana bir bor ulug‘ ayyom bilan samimiy qutlab Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman!”

Barchangizga bayram muborak bo'lsin.

O'zMU Jizzax filiali direktori, P. f. d., professor Turakulov Olim Xolboʻtayevich.

18.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ 🤔Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida "Yozgi ta'tilni sport bila......

18.08.2025

⭕️#tabriklaymiz ⭕️Yubiley yoshingiz muborak, hurmatli Valeriy Mixaylovich! 🔹Bugun Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali uchun......

18.08.2025

#GinnesRekordi ⭕️ Yangi O‘zbekiston uchun Ginnes rekordi sari! ✍️ Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining J......

11.08.2025

⭕️#seminar O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘t......

11.08.2025

🏆🏆🏆 🟠🟠🟠🟠 Para taekvondochilarimiz "Osiyo chempionatida"da sovrindor bo‘lishdi! 📍Malayziyaning Kuchin shahrida para taekvon......

11.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ ⭕️ “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida intellektual sa......

11.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ “Bunyodkor yoshlar” qurilish otryadi faoliyatiga nazar “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O'zbekiston......

11.08.2025

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 🟢O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida "Dolzarb - 90 kunlik" loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo'sh v......

06.08.2025

#munosabat Mamlakatimizda so‘ngi yillarida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bi......

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida to'garaklar bo'lib o'tmoqda. ⭕️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti t......