MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovi e’lon qilindi

Davlat tiliga e’tiborlimisiz? Har bir ishda davlat tili talablariga rioya etasizmi? Ehtimol, siz o‘zbek tilini kompyuter tiliga aylantirish haqida o‘ylayotgandirsiz? Unda ushbu tanlov aynan siz uchun!

 

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada oshirish, uni milliy qadriyat sifatida targ‘ib qilish hamda davlat tiliga oid muammolarni hal etishda ilmiy-amaliy yondashuvni rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovi e’lon qilinadi.

 

 Tanlov tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Innovasion rivojlanish vazirligi.

 

Tanlov uchta yo‘nalishda o‘tkaziladi.

 

Birinchi  –  “Davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud” yo‘nalishida mahalliy ijro etuvchi tuman va shahar hokimliklari ishtirok etadi.

 

Ikkinchi yo‘nalish g‘oliblari – “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari orasidan aniqlanadi.

 

Uchinchi – “O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha” yo‘nalishida ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari qatnashadi.

 

Tanlov joriy yilning 10 iyunidan 10 sentyabriga qadar bo‘lgan muddat oralig‘ida o‘tkaziladi va g‘oliblar 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida e’lon qilinadi.

 

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

 

Darvoqe, ularning davlat tilini rivojlantirish borasidagi tashabbuslari respublikamiz miqyosida ommalashtiriladi.

 

Tanlov haqidagi batafsil ma’lumot bilan www.til.gov.uz saytida tanishasiz.

 

Tilimizning taqdiriga befarq bo‘lmang va “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovini ijtimoiy tarmoqlarda #qadribalandonatilim kalitso‘zi bilan ommalashtiring.

18.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ 🤔Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida "Yozgi ta'tilni sport bila......

18.08.2025

⭕️#tabriklaymiz ⭕️Yubiley yoshingiz muborak, hurmatli Valeriy Mixaylovich! 🔹Bugun Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali uchun......

18.08.2025

#GinnesRekordi ⭕️ Yangi O‘zbekiston uchun Ginnes rekordi sari! ✍️ Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining J......

11.08.2025

⭕️#seminar O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘t......

11.08.2025

🏆🏆🏆 🟠🟠🟠🟠 Para taekvondochilarimiz "Osiyo chempionatida"da sovrindor bo‘lishdi! 📍Malayziyaning Kuchin shahrida para taekvon......

11.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ ⭕️ “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida intellektual sa......

11.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ “Bunyodkor yoshlar” qurilish otryadi faoliyatiga nazar “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O'zbekiston......

11.08.2025

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 🟢O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida "Dolzarb - 90 kunlik" loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo'sh v......

06.08.2025

#munosabat Mamlakatimizda so‘ngi yillarida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bi......

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida to'garaklar bo'lib o'tmoqda. ⭕️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti t......