MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

O'zbekiston Milliy universiteti “Psixologiya” kafedrasi tomonidan pandemiya, karantin davrida stress va tushkunlik holatini yengish bo'yicha tavsiyalar

XXI asrda hayot jadallashgani sari insonlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar ham keskinlashmoqda. Buning natijasida bizga doimiy hamroh bo'lishga ulgurgan stress nafaqat jismoniy, balki ruhiy jihatdan ham salomatligimizga xavf solayotir. Hozirgi kunda ko'plab

kasalliklarning sababchisi asab tizimi ekanligi sir emas. Turli salbiy kechinmalar va autoimmun kasalliklar rivojlanishi orasidagi bog'liqlik Assosiation of Stress-Related Disorders Vith Subsequent Autoimmune Disease shiori ostida o'tkazilgan tekshiruvda isbotlangan.

  Stokgol`mning Islandiya Universiteti va Karolina instituti olimlari 30 yil mobaynida Shvetsiyaning minglab aholisini salomatligi holati va hayot tarzini o'rganib chiqishdi. Ulardan taxminan 100 mingta insonlarda stress bilan bog'liq quyidagi buzilishlar rasman tasdiqlandi:

 •    O'tkir stress reaktsiyalari;

•    Kelib chiqishi turlicha bo'lgan psixologik shok;

•    Moslashuv (adaptatsiya) ni buzilishi;

•    Posttravmatik psixik buzilishlar.

  Ushbu guruh oxirgi 30 yil davomida jiddiy stressga uchramagan insonlar guruhi bilan taqqoslanganda natija anchagina noxush bo'lib chiqdi. Kuchli va uzoq davom etuvchi o'tkir stressni boshdan kechirgan insonlarda autoimmun kasalliklar 30-40% hollarda ko'p

rivojlanganligi aniqlandi.  Yuqoridagi fikrlarga qo'shimcha ravishda aytish mumkinki, bugungi kunda dunyo miqyosida tarqalgan pandemiya, uzoq davom etayotgan karantin, ish va o'qish rejimining o'zgarishi, noodatiy kun tarzi, ish joyi yoki daromad manbayining yo'qotilishi oqibatidagi moliyaviy qiyinchiliklar,

noma'lum kasallik oldidagi qo'rquv kishilarda stress va tushkunlik kayfiyatini keltirib chiqarayotgani OAV tomonidan tinimsiz yoritilmoqda. Ba'zilar dastlab uyda bo'lishdan xursand bo'lishlari mumkin, ammo vaqt o'tishi bilan ularning kundalik tartibi buzilishi, do'stlaridan

uzilib qolish va boshqa majburiy cheklovlarga duch kelishi ularda stressni oshiradi.  Bu esa hozirgi kunda shifokor va psixologlar ta'kidlayotganidek, koronavirusdan himoyalanish uchun muhim bo'lgan immunitet mustahkamligini jiddiy xavf ostida qoldiradi.

Xo'sh, hozirgi kunda ko'pchilik tilga olayotgan, OAVda ko'p gapirilayotgan stress haqida nimalarni bilamiz?

  Stress ingliz tilida «stress» — bosim, kuchlanish, tanglik degan ma'nolarni anglatadi. Bu -odamlarda kuchli taassurotlar natijasida sodir bo'ladigan o'ta hayajonlanish, asabiylik holati, organizmda har xil ta'sirlarga nisbatan rivojlanadigan maxsus neyrogormonal reaktsiya. Stresslar nafaqat xavfli, balki organizm uchun foydali ham bo'lishi mumkin, bu holat organizm imkoniyatlarini ishga soladi, salbiy ta'sirlarga chidamliligini oshiradi. Zararli stresslar organizm kurashuvchanligini pasaytiradi, ko'pgina kasalliklarning kechishini og'irlashtiradi. Surunkali stress xavfli kasalliklarga sabab bo'lishi mumkin.  Avvalo, uzoq davom etuvchi stress immunitetni o'ldiradi. Olimlarning ta'kidlashicha, shifokorlarga murojaat qilayotgan bemorlarning 10 tadan 9 nafaridagi xastaliklar qandaydir ma'noda stress bilan bog'liq ekanligi ayon bo'lmoqda. Agar inson asabiylashsa, vaximaga uchrasa organizmda arterial qon bosimi oshadi, yurak faoliyati tezlashadi, tanada suyuqlik to'planishi kuzatiladi. Shu bilan birga qonda qand miqdori ko'payib, qon quyuladi. Ko'p insonlar, ayniqsa, idora xodimlari doimiy bosh og'riqlaridan shikoyat qilib, bu og'riqlarni dorilar bilan bosishga odatlanishgan. Bu esa faqat alomatlarni yo'q qiladi, muammoni emas!Insonning stressga uchraganingizni quyidagi alomatlar namoyish etadi:- tinimsiz KOVID-19 haqida yangi ma'lumot qidirish, boshqa mavzularda diqqatni jamlashda qiyinchilikalarga olib keladi;- diqqatni jamlash yoki har qanday qaror qabul qilish qobiliyatining susayishi; 

- o'zini asabiy, jahldor yoki xavotirli his qilish;

- ovqatlanish yoki uxlash rejimining buzilishi.

  Albatta, yuqoridagilarni o'qib shu belgilar namoyon bo'layotgan insonlar yana ham kuchli tushkunlikka tushib qolishlari mumkin. Unutish kerak emaski, millionlab odamlar bugungi kunda o'zlarini xuddi siz kabi his qilmoqdalar va bu ularni aksincha kuchli bo'lishga undayapti.

  Ommaviy axborot vositalarida stressdan qutilishning turli usul va vositalari ko'plab yoritilmoqda, ushbu maqolamizda esa stress holatini yengillashtirishga qaratilgan ba'zi meditativ mashqlarni keltirib o'tishni lozim topdik.

Meditativ nafas (Nafas texnikasi)

Maqsad: to'laqonli bo'shashish, nafas jarayonini bir maromga keltirish, ichki barqarorlik.

Bajarish vaqti: 3-5 daqiqa

Bajarish tartibi: Qulay joylashib oling, diqqatingizni nafas olishga qarating. Tanangizni bo'shashtiring. Nafas olishni tabiiy usulini o'zgartirmang, biroq uni nazorat qiling. O'zingizga “men nafas olishimni his qilayapman..., men nafas chiqarishimni his qilayapman”, deb ayting.

Izoh: oddiy ekanligiga qaramay, ushbu mashq juda samaralidir. Faqat uni to'g'ri qo'llay olish zarur.

Kuchli energiya

Maqsad: qisqa muddatli energiya quvvati va uni to'g'ri qo'llay bilish ko'nikmasini shakllantirish.

Bajarish vaqti: 3 daqiqa

Bajarish tartibi: Tungi yorqin osmonni tassavvur qiling. O'zingiz uchun eng yaraqlagan yulduzni tanlang. Mana endi... uni yutib yuboring..., u sizni ichingizda yorilib, butun tanangizni ijobiy energiya bilan to'ldirdi. Energiya organizmning barcha hujayralariga kirib borib, kasal hujayralarni o'ldiradi va sizni nimadir qilish, nimanidir to'g'irlash yoki o'zgartirishga undaydi. Dadilroq bo'ling.Izoh: meditatsiyada qo'llaniladigan juda samarali mashqlardan biri.  Bundan tashqari stressning oldini olish uchun yoga mashqlari ham juda foydalidir. Jismoniy faollik chindan ham asab tizimini bo'shashtirib, immunitet faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Yana toza havoda sayr qilish, odam o'zi sevgan mashg'uloti, masalan, kitob o'qish, tennis, shaxmat o'ynash, gullarni yoki uy jonivorlarini parvarishlash, to'qish, tomorqada ishlash va shunga o'xshash miyani chalg'ituvchi ishlar bilan shug'ullanish - bular tinchlantiruvchi tabletkalardan foydaliroqdir. Musiqaterapiya haqida ham unutmaslik zarur - yoqimli musiqa kayfiyatimizga mo''jizakor ko'tarinkilik bag'ishlaydi.

18.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ 🤔Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida "Yozgi ta'tilni sport bila......

18.08.2025

⭕️#tabriklaymiz ⭕️Yubiley yoshingiz muborak, hurmatli Valeriy Mixaylovich! 🔹Bugun Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali uchun......

18.08.2025

#GinnesRekordi ⭕️ Yangi O‘zbekiston uchun Ginnes rekordi sari! ✍️ Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining J......

11.08.2025

⭕️#seminar O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘t......

11.08.2025

🏆🏆🏆 🟠🟠🟠🟠 Para taekvondochilarimiz "Osiyo chempionatida"da sovrindor bo‘lishdi! 📍Malayziyaning Kuchin shahrida para taekvon......

11.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ ⭕️ “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida intellektual sa......

11.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ “Bunyodkor yoshlar” qurilish otryadi faoliyatiga nazar “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O'zbekiston......

11.08.2025

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 🟢O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida "Dolzarb - 90 kunlik" loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo'sh v......

06.08.2025

#munosabat Mamlakatimizda so‘ngi yillarida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bi......

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida to'garaklar bo'lib o'tmoqda. ⭕️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti t......