MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

MAKTABLARDA “MAHORAT DARS”LARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yilning 6 noyabrdagi PF-6108-son Farmoni ijrosi yuzasidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Psixologiya” fakulteti dekani N.Alimov boshchiligida bir guruh professor-o‘qituvchilar jamoasi Jizzax viloyatining Zarbdor tumanidagi 26-umumta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida dastlab “Psixologiya” fakulteti dekani N.Alimov, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri U.Jabborov hamda “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan D.Quvondiqova va N.Teshaboyevalar yuqori sinf o‘quvchilarining ota-onalari hamda maktabning pedagog jamoasi bilan farzand tarbiyasi, mas’uliyati va vazifalari masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Muloqot davomida so‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, maktab o‘quvchilarida zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarni shakllantirish, oliy ta’lim muassasasi bilan maktab o‘rtasidagi ilm-fanni rivojlantirishga oid yaqin hamkorlik yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlarga e’tibor qaratildi.

  Shundan so‘ng maktabning yuqori sinf o‘quvchilari va maktab pedagoglar jamoasiga zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda “Mahorat dars”larini tashkil etishdi. Darslar davomida maktab pedagoglar jamoasi va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob olishdi.
 
Maktabda faoliyat yuritayotgan ingliz tili fani o‘qituvchilarining pedagogik salohiyatini aniqlash maqsadida layoqat testlari olindi. Olingan test natijalariga ko‘ra o‘qituvchilariga tegishliligicha tavsiyalar berilib o‘tildi. Tashrif mobaynida oliy ta’lim muassasasi bilan maktab o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar kelishib olindi.

 

Filial axborot xizmati.

18.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ 🤔Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida "Yozgi ta'tilni sport bila......

18.08.2025

⭕️#tabriklaymiz ⭕️Yubiley yoshingiz muborak, hurmatli Valeriy Mixaylovich! 🔹Bugun Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali uchun......

18.08.2025

#GinnesRekordi ⭕️ Yangi O‘zbekiston uchun Ginnes rekordi sari! ✍️ Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining J......

11.08.2025

⭕️#seminar O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘t......

11.08.2025

🏆🏆🏆 🟠🟠🟠🟠 Para taekvondochilarimiz "Osiyo chempionatida"da sovrindor bo‘lishdi! 📍Malayziyaning Kuchin shahrida para taekvon......

11.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ ⭕️ “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida intellektual sa......

11.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ “Bunyodkor yoshlar” qurilish otryadi faoliyatiga nazar “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O'zbekiston......

11.08.2025

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 🟢O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida "Dolzarb - 90 kunlik" loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo'sh v......

06.08.2025

#munosabat Mamlakatimizda so‘ngi yillarida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bi......

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida to'garaklar bo'lib o'tmoqda. ⭕️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti t......