Yangiliklar
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
72-226-08-43
72-226-69-09
Yangiliklar
Universitet
Qabul-2025
Uslubiy ta'minot
Xalqaro bo'lim
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
72-226-08-43
72-226-69-09
Yangiliklar
Universitet
Qabul-2025
Uslubiy ta'minot
Xalqaro bo'lim
72-226-04-85
72-226-04-85
Yangiliklar
Universitet
Qabul-2025
Uslubiy ta'minot
Xalqaro bo'lim
Ilmiy faoliyat
Hozirgi kunda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali asosiy shtatida 82 nafar, shundan 26 nafar ilmiy darajali professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatmoqda, ilmiy salohiyat 31.7 foizni tashkil etadi. Filialda 2019-2022 yillar davomida jami 4 nafar oʻqituvchi falsafa doktorligi (PhD) ilmiy darajaga erishgan, 3 nafar oʻqituvchi dotsent ilmiy unvonini va 3 nafar oʻqituvchi professor ilmiy unvonini olgan.
2021 yil davomida Filialda respublika miqyosidagi 3 ta konferensiyalar tashkil etildi. Ushbu konferensiyalarda 321 ta tezislar muhokama qilingan, xorijiy OTM dan 54 nafar yetakchi olimlar ishtirok etishgan.
2022-yil 13-14-may kunlari oʻtkazilgan respublika ilmiy-texnik anjumani 265 ta ilmiy maqola va tezislar kelib tushdi va nashr qilindi. Shulardan 157 tasi filial professor-oʻqituvchilarining ilmiy maqolalari va tezislarini tashkil qiladi.
Filialda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari boʻyicha umumiy nashrlar soni 561 tani tashkil etmoqda.
Filialda xalqaro hamkorlik doirasida dunyo reytingida yetakchi oʻrinni egallagan nufuzli xorijiy OTMdan 7 nafar malakali mutaxassislar oʻquv jarayoniga jalb qilingan.
Filial olimlari tomonidan Jizzax viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalari, taʼlim tashkilotlari, ilmiy muassasalar va markazlar bilan jami 8 ta xoʻjalik shartnomalaridan 24 534 000 soʻm mablagʻ kelib tushgan. Filial professor-oʻqituvchilari tomonidan homiylik hisobidan 11 950 000 soʻm mablagʻ kelib tushgan. Bundan tashqari, filial professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻquv yili davomida trening-kurslar, oʻquv kurslaridan 9 225 200 soʻm mablagʻ kelib tushgan.
Filialda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablari asosida qiymati 1 595 000 000 soʻmlik innovatsion loyihasi amalga oshirilmoqda.
Filialning yosh olimlari, tadqiqotchilari, iqtidorli talabalari tomonidan umumiy qiymati 743 mln soʻmlik bir nechta innovatsion, amaliy va Start-up loyihalari amalga oshirilgan.
Filial professor-oʻqituvchilari va talabalari tomonidan 2019-2022 yillar davomida jami 32 ta dasturiy mahsulotlar yaratilgan va ular uchun OʻzR Intellektual Mulk agentligi tomonidan mualliflik guvohnomalari olingan.
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
Bog‘lanish uchun
Ijtimoiy tarmoqlar