Yangiliklar
1. Kafedra haqida ma’lumot.
“Xorijiy tillar” kafedrasi Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Psixologiya fakulteti tasarrufida 2021-yil 29-oktabrdagi 3-son Filial Kengashining qaroriga asosan tashkil etilgan boʻlib, 2021-2022 oʻquv yilidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 824-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirinining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘iga ilova qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom” talablarini bajarish maqsadida oʻz faoliyatini olib bordi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev tomonidan 2020-yil 23-sentabrida imzolanib, 2020-yil 24-sentabridan kuchga kirgan yangi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi bilan ta’lim tizimining mazmuni va sifatini yangilash, xususan, oliy ta’lim muassasalarida innovatsion muhitni shakllantirish xususiyatlari va uni amalga oshirishda rahbar xodimlarning vazifalarini belgilab berildi. Jumladan, Qonunning 36-moddasida – “...Iqtisodiy rivojlanish va innovatsion faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, davlat tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish uchun tegishli shart-sharoitlar, shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari ta’lim jarayonining yanada takomillashtirilgan shakllariga bosqichma-bosqich o‘tishi uchun imkoniyatlar yaratiladi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’lim tizimiga oid ko‘plab farmonlari va qator farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan me’yoriy-uslubiy hujjatlar qabul qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020--yil 6-noyabrdagi PF-6108-son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda PQ-4884-son “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlarining qabul qilinishi mamlakatimizda ta’lim tizimiga bo‘lgan e’tiborning yaqqol misolidir.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining me’yoriy hujjatlari va Filial Kengashi qarorlari, filial direktorining buyruqlari hamda kafedra Nizomi asosida oʻz faoliyatini boshlagan.
“Xorijiy tillar” kafedrasida quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha ish olib borildi: o‘quv ishlari, ilmiy-uslubiy ishlar, ilmiy-tadqiqot ishlari, tashkiliy-uslubiy ishlar, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy va sport ishlari, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi doirasidagi boshqa ishlar. Ushbu faoliyat turlari bo‘yicha kafedra o‘tgan o‘quv yillarida samarali faoliyat olib bordi. Kafedrada vazirlikning, filial direktorining buyruq va ko‘rsatmalarini, Filial kengashi va filial ilmiy-uslubiy kengashi qarorlarining bajarilishi ta’minlab kelmoqda.
Kafedra filialda mavjud Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili), boshqa bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda Lingvitika: ingliz tili magitratura bosqichi talablari uchun umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan saboq berish bilan o‘quv jarayonida ishtirok etadi.
2. Umumiy ma’lumot.
2025-2026 o‘quv yilida “Xorijiy tillar” kafedrasida o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot foliyatlarini takomillashtirish, ilmiy-pedogogik kadrlar tayyorlash, iqtidorli talaba yoshlar bilan ishlash, ilmiy-tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishda asosiy ishlar bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan bakalavriat uchun 2022, 2023, 2024, 2025-o‘quv rejalari va shunga binoan Filial tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida ta’lim tarbiya ishlari o‘tkazildi.
O‘quv yili boshlanishi oldidan O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan 2022, 2023, 2025-yillarda tasdiqlangan fan dasturlari asosida barcha umumiy va maxsus fanlarning dasturlari, iqtidorli talabalar uchun dasturlari va ularning texnologik xaritalari qayta ko‘rib chiqildi va kafedra kengashida ma’qullangan. Ular o‘z navbatida Psixologiya fakulteti o‘quv-uslubiy kengashida ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi. Bulardan tashqari kafedra kengashida kafedrada bajariladigan bir yillik ish rejasi, ilmiy-uslubiy (metodik) ishlar dasturlari, o‘tkaziladigan ochiq darslar dasturlari, o‘zaro darslarga qatnashish rejasi va boshqalar tasdiqlandi.
Asosiy maqsad Filologiya va tillarni o‘qitish, Lingvistika: ingliz tili magistratura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha hozirgi zamon talabiga to‘la javob beradigan bilimli har tomonlama yetuk mutaxassislar tayyorlab chiqarishga qaratilgan. O‘quv-fan sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlab chiqarish har bir oliy o‘quv yurti, shu jumladan kafedraning asosiy kundalik dasturidan biridir.
“Xorijiy tillar” kafedrasining barcha professor-o‘qituvchilari 2025-2026 o‘quv yili davomida talabalarning bilimini oshirishda, ayniqsa yangi kredit-modul tizimi va Hemis platformasida ta’lim tarbiya, ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlari olib boriladi.
Kafedrada avvalo o‘qish va o‘qitishni yaxshi yo‘lga qo‘yib, har bir o‘qituvchining o‘tadigan dars soatlarining sifatini nazorat qilib, yo‘l qo‘yilgan kamchilik o‘z vaqtida ko‘rsatib borildi. Kafedrada muntazam ravishda ochiq darslar tashkil qilinib darslar o‘zaro qatnashishlar asosida har bir o‘qiladigan ma’ruzalar va amaliy darslar atroflicha muhokama qilinib fikr almashib borildi.
Yuqorida keltirilgan ishlarning barchasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan chiqarilgan Nizom va ko‘rsatmalar asosida bajarilgan.
3. Yo‘nalishlar.
Bakalavriat
60230101-Filologiya va tillarni o‘qitish (roman-german tillari bo‘yicha)
Magistratura
70230101-Lingvistika:ingliz tili
4. Mutaxassisliklar.
Bakalavriat
60230101-Filologiya va tillarni o‘qitish (roman-german tillari bo‘yicha)
Magistratura
70230101-Lingvistika:ingliz tili
5. Ixtisosliklar.
Mavjud emas
6. Kafedra yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumot.
Bakalavriat
60230101-Filologiya va tillarni o‘qitish (roman-german tillari bo‘yicha)
Magistratura
70230101-Lingvistika:ingliz tili
7. Talabalar kontingenti.
|
Bakalavriyat |
|||
|
№ |
Bosqichlar |
Yo‘nalishi |
Talabalar soni |
|
1 |
1-boqich |
60230101 Filologiya va tillarni o‘qitish |
78 |
|
2 |
2-bosqich |
139 |
|
|
3 |
3-bosqich |
152 |
|
|
4 |
4-bosqich |
87 |
|
|
Jami: |
456 |
||
|
Magistratura |
|||
|
№ |
Bosqichlar |
Yo‘nalishi |
Talabalar soni |
|
1 |
1-boqich |
70230101 Lingvistika:ingliz tili |
8 |
|
2 |
2-bosqich |
5 |
|
|
Jami: |
13 |
||
8. Professor-o‘qituvchilar tarkibi
Xorijiy tillar kafedrasida 2025/2026-o‘quv yilida 23 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda:
|
№ |
F.I.Sh. |
Lavozimi |
|
1 |
M.Jo‘rayev |
Kafedra mudiri v.b. |
|
2 |
M.Solnishkina |
professor |
|
3 |
O.Proxorova |
professor |
|
4 |
I.Chekulay |
professor |
|
5 |
N.Teshaboyeva |
katta o‘qituvchi |
|
6 |
I.Tugalov |
katta o‘qituvchi |
|
7 |
J.Ma'ripov |
assistent |
|
8 |
M.Husanova |
assistent |
|
9 |
S.Tog‘ayev |
assistent |
|
10 |
Z.Abduraxmanova |
assistent |
|
11 |
H.Nadirova (M.Niyatova) |
assistent |
|
12 |
Sh.Xaydarova |
assistent |
|
13 |
S.Axmedova |
assistent |
|
14 |
M.Ahmedjonova |
assistent |
|
15 |
M.Ernazarova |
assistent |
|
16 |
G.Mehmonaliyeva |
o‘qituvchi st. |
|
17 |
D.Samatullayev(N.Parmanova) |
o‘qituvchi st. |
|
18 |
Z.G‘aybullayeva |
o‘qituvchi st. |
|
19 |
E.Gafiatova |
dotsent (PhD) |
|
20 |
S.Veliyeva |
assistent |
|
21 |
A.Nazarov |
o‘qituvchi st. |
|
22 |
X.Sarimsoqov |
dotsent (DSc) |
|
23 |
B.Eshto‘xtarova |
9. Ilmiy salohiyat.
Xorijiy tillar kafedrasining 2025/2026-o‘quv yilidagi salohiyati 24% ni tashkil etadi.
10. O‘quv auditoriyalari.
Xorijiy tillar kafedrasida barcha fanlarni o‘tishda moddiy texnik ta’minot juda muhim xususan o‘quvchilarning tinglab tushunish, gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishda sifatli ovoz kuchaytirgich hamda video proyektorlar zarur. Hozirda har bir o‘qituvchida ovoz kuchaytirgichlar bo‘lsada ularni sifatlisi zarur. Kafedraga 206 A, 207A, 208A auditoriyalari berilgan bo‘lib xonalarga kafedra mudiri hamda kafedra o‘qituvchilari mas’ul. Auditoriyalarda 3 ta smart doska o‘quv jarayonida foydalanish mavjud va o‘quv yili davomida dars mashg‘ulotlarida foydalaniladi.
11. Laboratoriyalar.
Mavjud emas
12. Kafedraning yutuqlari
Kafedrada professor-o‘qituvchilar o‘zlariga biriktirilgan talabalar bilan individual shug‘ullanishmoqda. Ushbu talabalar kafedrada ochilgan “Grammar club”, “Movie club”, "Smart students", “Drama club” “Words and wonders” to‘garaklariga jalb qilingan. Ushbu to‘garaklar natijasida talabalar turli olimpiada va tanlovlarda qatnashishmoqda. Jumladan, 2024-2025 o‘quv yilida Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi talabalaridan:
|
Respublika tanlovlari |
|||
|
1 |
Qodirova D. |
Ilmiy tadqiqotlar va start-uplar Yosh jadidlar |
11-may 2025-yil Toshkent |
|
2 |
Xo'jabekova R. |
Ilmiy tadqiqotlar va start-uplar Yosh jadidlar |
11-may 2025-yil Toshkent |
|
3 |
Qodirova D. |
Milliy libos-Millat ko'rki |
28-dekabr 2025-yil Toshkent |
|
4 |
Mustopoyeva S. |
Yosh Jadidlar Ilmiy Tadqiqot Markazi |
2024/2025-o'quv yili |
|
5 |
Buyuk filologlar |
Munozara Intelektual O'yini |
2024/2025-o'quv yili |
|
6 |
Just jamoasi |
Quvnoq startlar musobaqasi |
2024/2025-o'quv yili |
|
7 |
Oybekova S. |
Munozara Intelektual O'yini |
2024/2025-o'quv yili |
|
8 |
Just jamoasi |
Talabalar Ligasi Zakovat |
2024/2025-o'quv yili |
|
9 |
Oybekova S. |
Munozara Intelektual O'yini |
2024/2025-o'quv yili |
|
10 |
Just jamoasi |
Talabalar Ligasi Zakovat |
2024/2025-o'quv yili |
|
11 |
Buyuk filologlar |
Munozara Intelektual O'yini |
2024/2025-o'quv yili |
|
12 |
Oybekova S. |
Eng faol yetakchi talaba |
2024/2025-o'quv yili |
|
13 |
Just jamoasi |
Zakovat |
2024/2025-o'quv yili |
|
14 |
Just jamoasi |
Zakovat intlektual |
2024/2025-o'quv yili |
|
15 |
Oybekova S. |
Mushoira tanlovi |
2024/2025-o'quv yili |
13. Hamkorlik aloqalari.
2024-2025 o‘quv yilida kafedra dunyoning top 1000taligining 345-o‘rnida turuvchi KFU bilan hamkorlikda bir qancha ishlarni amalga oshirib kelmoqda xususan o‘zaro darslar o‘tish hamda Kazan Federal universitetidan qiymati 1000 dollardan qimmatroq bo‘lgan adabiyotlar beg‘araz yordam sifatida Filial kutubxonasiga taqdim etildi. Bundan tashqari Akademik A.Kautbekova nomidagi Xalqlar do'stligi universitetidan Xorijiy tillar kafedrasi uchun 50 dona qiymati 13 million so‘mlik adabiyotlar sovg‘a qilindi. Sloveniya Respublikasidagi Maribor universitetida kafedra mudiri M.Jo‘rayev 2 marta seminar treningdan ishtirok etdi. Italiyaning Turin universitetida Fevral oyida tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etdi.
2025/2026-o‘quv yilida M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetidan qiymati 9000 dollardan qimmatroq 200ga yaqin adabiyotlar Filial kutubxonasiga taqdim etildi.
14. Xorijiy professor-o‘qituvchilar tarkibi.
|
№ |
F.I.Sh. |
Lavozimi |
Xorijiy OTM |
|
1 |
M.Solnishkina |
professor |
KFU (Kazan federal universiteti) |
|
2 |
O.Proxorova |
professor |
BSU (Belgrad davlat universiteti) |
|
3 |
I.Chekulay |
professor |
BSU (Belgrad davlat universiteti) |
|
4 |
E.Gafiatova |
dotsent |
KFU (Kazan federal universiteti) |
15. Xorijiy talabalar.
Mavjud emas
16. Qo‘shimcha imkoniyatlar.
Kafedrada professor-o‘qituvchilar o‘zlariga biriktirilgan talabalar bilan individual shug‘ullanishmoqda. Ushbu talabalar kafedrada ochilgan “Grammar club”, “Movie club”, "Smart students", “Drama club” “Words and wonders” to‘garaklariga jalb qilingan. Ushbu to‘garaklar natijasida talabalar turli olimpiada va tanlovlarda qatnashishmoqda.
17. Akademik almashinuv.
2025/2026-o‘quv yilida akademik almashinuv dasturi doirasida 2 nafar bitiruvchimiz xorijda tahlis olmoqda. Saparboyeva Shoxista Angliyda, Isroilova Diyora Janubiy Koreada magistratura bosqichlarida tahsil olmoqda.
Yo'nalish nomi:
60230100 Filologiya va tillarni o'qitish (bakalavriat).
Umumiy tavsifi:
60230100 Filologiya va tillarni o'qitish ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va kechki ta'lim shakllarida amalga oshiriladi. Kunduzgi ta'limda bakalavriat dasturining me'yoriy muddati 4 yil bo'lib, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida kunduzgi ta'lim shakli mavjud.
Kasbiy faoliyatlarning tavsifi:
1.1. Kasbiy faoliyatning sohalari.
v Uzluksiz ta'limning maktabgacha, umumiy o'rta va o'rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlari, davlat va nodavlat muassasalarida xorijiy tillarni o'qitish;
v O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida mutaxassis sifatida faoliyat yuritish;
v davlat boshqaruvi organlari, mahalliy va xalqaro tashkilotlarda tarjimonlik;
v fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va nashriyotlarda faoliyat olib borish bilan bog'liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
1.2. Kasbiy faoliyatlarning obyektlari.
v Davlat boshqaruvi organlari,
v O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari
v ommaviy axborot vositalari va nashriyotlar
v maktabgacha, umumiy o'rta va o'rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlari
v davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari,
v korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar)da filolog,
v pedagog (asosiy va ikkinchi til bo'yicha).
1.3. Kasbiy faoliyatlarining turlari:
Ø ta'lim muassasalarida pedagogik va ilmiy-pedagogik;
Ø tarjimonlik;
Ø tashkiliy-boshqaruv;
Ø OAVda muxbirlik, noshirlik va muharrirlik;
Ø ilmiy tadqiqot;
Ø konsalting xizmati;
I. Ta'lim muassasalarida pedagogik va ilmiy-pedagogik faoliyatida:
v uzluksiz ta'lim tizimining ixtisosligiga mos ta'lim muassasalarida ona tili va adabiyoti hamda o'rgangan asosiy va ikkinchi chet tillarini o'qitish;
v zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib noan'anaviy o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish;
v o'qitilayotgan fanlar bo'yicha o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish uchun zarur bo'lgan o'quv-metodik hujjatlarni tuzish, tayyorlash va rasmiylashtirish;
v o'qitilayotgan fan bo'yicha o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish uchun o'qitishning didaktik vositalaridan foydalanish;
v chet tillami intensiv shaklda o'rgatish (qisqa kurslar);
v mustaqil ta'lim va ilmiy-ijodiy izlanishishlari natijasida o'qitilayotgan fan bo'yicha pedagogik faoliyatni muntazam takomillashtirib borish.
II. Tarjimonlik faoliyatida:
v davlat va nodavlat tashkilotlarda chet tillardan tarjimonlik qilish;
v maorif, madaniyat, turizm sohalarida, turli davlat muassasalarida,
v mehmonxona, qo'shma korxonalar, firmalarda ish yurituvchi, referent vazifasida ishlash;
v texnik va boshqa tarjima turlarini amalga oshirish;
v mehmonxona, sayyohlik firmalarida menejer va ma'muriy xodim sifatida ishlash;
v xalqaro konferensiya va tadbirlarda tarjimonlik faoliyatini olib borish.
III. Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:
v filologik faoliyat sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tatbiq qilish;
v ma'naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o'z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g'oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo'lishi;
v ona tili hamda roman german tillariga oid turli tadbir, anjuman va ma'rifiy suhbatlarni tashkillashtirish va boshqarish;
v ARMda axborot texnologiyalari tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan jarayonlar monitoringi hamda sifatini baholash mexanizmlarini ishlab chiqish;
v jamoada ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarish;
v bajarayotgan faoliyati bo'yicha ish rejasini tuzish, nazorat qilish va amalga oshirilgan ishning natij alarini baholash.
IV. OAVda muxbirlik, noshirlik va muharrirlik faoliyatida:
v ommaviy axborot vositalarida muxbirlik va muharrirlik ishlarini amalga oshirish;
v nashriyot va tahrir sohasida badiiy va ilmiy asarlarni, sohaga oid risola va monografiyalar bo'yicha musahhih va muharrirlik faoliyatini amalga oshirish;
v noshirlik muassasalarida tarjimon va adabiy xodim bo'lib faoliyat yuritish.
v mustaqil ravishda maqola, ko'rsatuv va eshittirishlar tayyorlash ko'nikmasiga ega bo'lish;
V. Ilmiy-tadqiqot faoliyatida:
v filologiya sohasida ilmiy tekshirish institutlarida kichik ilmiy xodim,
v tadqiqotchi izlanuvchi sifatida namunaviy usullar va boshqalar bo'yicha
v eksperimentlar o'tkazish va ularning natijalariga ishlov berish;
v namunaviy metodikalar va o'qitishning innovatsion usullari bo'yicha eksperimental tadqiqotlarni o'tkazish va ularning natijalari bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
v ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tayyorlash, soha adabiyotlari ekspertizasini amalga oshirishda qatnashish;
v o'tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo'yicha ilmiy axborotlarni ishlab chiqi sh, referatl ar va bibliografryalar tuzish;
v ilmiy seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar ishida ma'ruzachi,
v muhokamalarda qatnashuvchi va referent sifatida ishtirok etish;
v sohaga oid jumallarga maqola vataqrizlar tayyorlash;
v internet tarmog'ida eng yangi ilmiy, adabiy va lisoniy yangiliklar, yangi pedagogik texnologiyalar haqidagi ma'lumotlarni maqsadga yo'nalgan holda izlash va topish;
v ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasasi jamoasi tarkibida kasbiy faoliyat masalalarini yechish.
VI. Konsalting xizmati faoliyatida:
v yo'nalishiga mos mavzulardagi loyihalar, manbalar, adabiyotlar, elektron video va audio mahsulotlarni ekspertiza qilish;
v ixtisoslikka mos sohalar bo'yicha konsalting xizmatlarini ko'rsatish qobiliyatiga ega bo'lish;
v mamlakatdagi turli foydalanish ko'lamiga ega bo'lgan tillarga tizimli va funksional tavsif bera olish;
v kasbiy faoliyatda hozirgi va tarixiy adabiy jarayonlarni va turli janrga mansub badiiy asarlarni tahlil qila bilish